Maqola

666 24/02/2025

22-23-fevral kechasi Ulyanovskdagi Federatsiyada ko‘chasida mushtlashish sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, taksi haydovchisi go‘yoki ikki yo‘lovchini beysbol tayog‘i bilan urgan. Ammo vaziyat umuman boshqacha bo‘lgan. Ulyanovskdagi mushtlashish tafsilotlarini «КП-Ульяновск» nashri o‘z huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayanib ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hamma taksi haydovchisi deb o‘ylagan 25 yoshli yigit aslida taksi xizmatida ishlamaydi. O‘sha kecha u do‘stini olib ketish uchun Federatsiya ko‘chasiga kelgan. Mashinasida o‘tirib, do‘stini kutayotganda, uning oldiga ikki mast yigit kelib mashinaga o‘tirgan. Haydovchi ularni oldin tanimagan. Yigitlar mast holatida bo‘lib, ularni manzilga olib borishni talab qila boshlashgan.

Shu asosda og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan va keyinchalik mushtlashuvga aylangan. Mashina egasi yukxonadan beysbol tayog‘ini olib, kuch ishlatayotgan bo‘lajak yo‘lovchilarni javoban urgan. 24 yoshli jabrlangan jiddiy jarohat olib, hodisa joyidan kasalxonaga yetkazilgan. Uning 29 yoshli hamrohi yengilroq jarohat olgan va kasalxonaga yotqizish talab qilinmagan.

Qolaversa, video tasvirda ham haydovchi mashinadan tushganidan keyin mashinaning bir oz harakatlanganini, ya’ni boshqaruvni boshqa odam amalga oshirganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari mashinadan tushgan yo‘lovchi birinchi bo‘lib haydivchiga kuch ishlatgani aks etgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, haydovchi emas, balki yo‘lovchilar hodisaning asl aybdorlaridir. Biroq migrantofob rossiyalik OAVlari bu faktlar negadir ahamiyatli ko‘rinmagan.

Internetda OAVlar ko‘targan noto‘g‘ri ma’lumotlar sababli mintaqaviy politsiya matbuot xizmati sodir bo‘lgan voqeaga rasman munosabat bildirdi. Xabarga ko‘ra, Lenin tumani bo‘limi tergovchilari Jinoyat kodeksining 111-moddasi 2-qismi «Qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish» bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan. Erkak hibsga olingan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya