Maqola

114 16/09/2024

“Assalomu alaykum, musofirchilikda yurgan o‘zbek aka-ukalar va opa- singillar! Barchalaringiz sog‘-salomat yuribsizlarmi?

O‘zbekiston Migratsiya vazirligi chet el davlatlari bilan ish va ish joylari, xalqimiz uchun yaxshi bitimlar va shartnomalarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Bu xabarlarni o‘qib, xursand bo‘lasan kishi. Lekin “afsusdaman”, deb og‘ir vaziyatlarga tushib qolayotgan yurtdoshlarimiz ham oz emas.

Misol uchun o‘zimni olay: shu yilning aprel oyida O‘zbekistan Migratsiya vazirligi bergan e’lon bo‘yicha Belarusning Minsk shahrida joylashgan “MAZ” avtomobil zavodiga ishga keldik. Ish turi avtomobilsozlik.

Bizga ikkala tomon ham shunday e’lon va’da bergan edi: Haftasiga 5 kun ish, 2 kun dam olish, 8 soatdan ish. Tushlik va yotoqxona zavod hisobidan. Ish haqi 720 dollar. “Qo‘shimcha soat qolib ishlasalaring, 800-1000 dollargacha oylik beramiz”, degan edi.

Bir kancha vatandoshlar bilan ishni boshladik. 3 oy va’da qilingan pulni berishdi, “4-oydan “izdelka”ga o‘tdilaring, razryadlaring ham oshdi”, deb shanba kuni va boshqa kunlari 12 soatdan ishlasak ham, shu 720 dollarni berayapti.

Zavod berayotgan “obed” pulini ham oylikdan olib qolyapti. Ancha fuqarolarimiz uyga qaytib ketishdi. Qolganlar esa O‘zbekistondan migratsiya xodimlarini chaqirtirdik. Kelishdi, “Belavtomaz”dagi xodimlar bilan gaplashishdi, foydasi bo‘lmadi.

Haftasiga 6 kun ish, har kuni 10-12 soatdan ishlayapmiz, shu oylik: 720 dollar. O‘zbekmiz, boshqa tomonolarni uylab, Allohga behisob shukronalar aytib, ishlab yuribmiz.

Bu bilan nima demoqchiman? Shu yuqorida o‘tirganlar fuqarolarimizni chet elga yuborgandan so‘ng, ulardan tez-tez xabar olib tursin, rostini aytib yuborsin. Xalqimiz afsuslanib qolmasin, deyman”.

Minskdagi avtozavodda ishlovchi muhojirlar nomidan

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya