
Xavfsizlik Kengashi (СБ) yig‘ilishida rais o‘rinbosari Dmitriy Medvedev migrantlar Rossiya jamiyatida jiddiy keskinlikni keltirib chiqarayotgani va ishlash muddati tugagan muhojirlar tezda mamlakatni tark etishlari kerakligi haqida gapirdi.
Siyosatchi migrantlarning Rossiyada bo‘lishi ularning mehnat shartnomalari bilan qat’iy tartibga solinishi kerakligi, aks holda migratsiya masalasidan dushman kuchlar foydalanishi haqida iddao qilgan.
«[Noqonuniy migratsiya] bu sohada faol faoliyat yuritayotgan dushman kuchlar, terroristik va ekstremistik tashkilotlar uchun juda foydali», dedi Medvedev keskin ohangda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham mamlakatning demografiya va yangi migratsiya siyosati haqida gapirib, aholining tabiiy o‘sishini ko‘paytirish, unga targ‘ib qilish haqida gapirgan edi.