740 03/04/2026

Rossiya migrantlarning yashash sharoitlari ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev idoralararo komissiya yig‘ilishida ma’lum qildi.

U muammolardan biri migrantlar mahalliy aholidan ajrab, alohida jamoalarda yashaydigan «etnik gettolar» ekanligini ta’kidladi. Uning iddaosicha, bunday sharoitlarda odamlarga moslashish, tilni o‘rganish va mahalliy qoidalarga rioya qilish qiyinroq kechar ekan.

Medvedev shuningdek, bunday yashash va jinoyatchilikning ko‘payishi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik borligini aytgan. Uning fikricha, agar migrantlar izolyatsiyada yashasa va mahalliy aholi bilan kam aloqada bo‘lsa, ular qonunga rioya qilish ehtimoli kamroq bo‘lar ekan.

U vaziyat nafaqat muhokamalarni, balki aniq choralarni ham talab qilishini ta’kidlagan. Uning migrantlarga yumshoq muomala qilish samarasizlishgini aytmoqda.

Rossiyada, ayniqsa yirik shaharlar va chegaradosh hududlarda migrantlarning kompakt yashashi bir necha yillardan beri muhokama qilinmoqda. Mutaxassislar buni mehnat migratsiyasining ko‘payishi va nazoratning yetarli emasligi bilan bog‘laydi. Tez orada qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda. Ushbu choralar migrantlarni teng taqsimlashga qaratilgan bo‘ladi.

Bundan oldin ham Rossiyada mahalliy ishchilarga ustuvor ahamiyat berishni rejalashtirayotgani va migratsiya siyosati yanada qat’iylashishi mumkinligi haqida bayonotlar berilgan edi.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya