“Migratsiya siyosatini tartibga solish murakkab masala bo’lib, bu sohada o‘ylanmagan qarorlar qabul qilish yoki shoshilinch bayonotlarga yo’l qo’ymaslik kerak”, degan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, “Единая Россия” raisi Dmitriy Medvedev TASS muxbiri bilan suhbatda.
Biroq Dmitriy Medvedevning o‘zi ham muhojirlar va mamlakatning migratsiya siyosati haqida o‘ylamay gapirib qo‘ygan paytlari ko‘p bo‘lgan.
Masalan, migratsiya nazorati haqida: Medvedev muhojirlar ustidan qattiq nazorat muhimligini ta’kidlab, barcha kirish va harakat hukumatning qattiq nazorati ostida bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning qayd etishicha, Rossiyaga kim va nima uchun kelgani, qayerda ishlayotgani va yashayotganini bilish zarur.
Oilalarni olib kelishni taqiqlash haqida gapirgan Medvedev migrantlar mavsumiy ishlar uchun kelgan bo’lsa, oilalarini olib kelishlarini taqiqlashni taklif qilgan edi. U etnik anklavlarning paydo bo‘lishiga mutlaqo qarshiligini bildirgan.
Ta’lim va integratsiya haqida Medvedev, shuningdek, muhojir bolalarga rus tilini o’rgatish zarurligini ta’kidlab, maktablar rus tilini bilmaydigan bolalarni qabul qila olmasligini ta’kidlagan.
Medvedev muhojirlar tomonidan ekstremistik kayfiyatning tarqalishiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan yopiq etnik anklavlarning shakllanishidan xavotir bildirgan. Medvedev bunday tuzilmalarga qarshi faol choralar ko’rishga chaqirdi.
Uning fikricha, Rossiyada ishlamaydigan va o‘qimagan muhojirlar mamlakatni tark etishi kerak.
Dmitriy Medvedevning iddaosiga ko‘ra, rossiyaliklarning qariyb 70 foizi migratsiya siyosatini qat’iylashtirishni qo’llab-quvvatlaydi va migrantlarning «xunuk xatti-harakati»dan charchagan.