Maqola

485 02/05/2025

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog‘istonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik fuqaroni vatanga qaytarishga yordam berdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qilmoqda.

Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, R.M. ismli vatandoshimiz fuqarolik pasportini ish beruvchidan qaytarib olish va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli O‘zbekistonga qaytish uchun yordam so‘ragan. U shu yilning mart oyida Olmaota viloyati Qorasoy tumanidagi fermer xo‘jaligida traktorchi sifatida ishlashni boshlagan. Biroq ko‘p o‘tmay yurak xurujiga uchrab, ish vazifalarini bajarishga qodir bo‘lmagan.

Fermer xo‘jaligi rahbariyati vatandoshimizning og‘ir sog‘liq holatiga e’tibor bermay, uni ishlashga majburlagan. U ish joyini tark etmasligi uchun uning pasporti va uyali telefon aloqa vositasini tortib olgan. Bu vaziyat yurtdoshimizni yanada murakkab ahvolga solib qo‘ygan.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi murojaatni zudlik bilan ko‘rib chiqdi va vaziyatni hal qilish uchun tezkor choralar ko‘rdi. Mahalliy polisiya bilan hamkorlikda olib borilgan tekshiruvlar natijasida ish beruvchidan fuqarolik pasporti qaytarib olindi. Konsulxona xodimlari vatandoshimizni O‘zbekistonga qaytishini ta’minlab, uni oilasi bag‘riga kuzatib qo‘ydi.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya