Hozirda Rossiyada 6 million 174 ming xorijiy fuqarolar bor, deydi Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy «Коммерсант» nashriga bergan intervyusida.
▪️ 2024-yil boshidan buyon Rossiyaga deyarli 7,5 million nafar xorijlik fuqarolar kirib kelib, 6,8 million muhojir chiqib ketgan.
▪️ Noqonuniy migratsiya kamaygan. So‘nggi 4-5 yil davomida Rossiyadagi muhojirlarning 30 foizdan ortig’i noqonuniy maqomda edi. Hozir bu ko‘rsatkich taxminan 9 foizni tashkil qilmoqda.
▪️ Noqonuniy migrantlar soni 739 mingni tashkil qiladi. Ular asosan O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarbayjon fuqarolaridir.
▪️ 2024-yilning sakkiz oyi davomida 20 296 xorijiy fuqaro 26 422 ta jinoyat sodir etgan.
▪️ 2024-yilning olti oyida xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 1,7 million ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 44,6 % ko‘pdir.
▪️ Rossiyada taxminan 10 million kishi mehnat shartnomalarisiz ishlaydi, ularning 10 % dan ko‘prog‘i xorijiy fuqarolar.