Maqola

229 28/11/2025

Sverdlovsk viloyatida migrant bolalarni bolalar bog’chalariga qabul qilish qoidalari kuchaytirildi. Endi bolalar to’liq hujjatlar to’plamisiz qabul qilinmaydi.

Mahalliy hokimiyat farzandlarini bolalar bog’chasiga berishni istagan ota-onalardan xuddi maktabga so‘raladigan hujjatlar to’plamini olib kelishni talab qilmoqda. Imtihonlar yoki testlar bo’lmaydi, lekin oilaning Rossiyada qonuniy ravishda yashayotganini tasdiqlash kerak. Talab qilinadigan hujjatlar qatoriga SNILS (shaxsiy sug’urta hisob raqami) va qonuniy yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar kiradi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu choralar mintaqada qonuniy maqomga ega bo’lmagan holda yashayotgan migrant bolalarning ko’pligi sababli joriy etilgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, faqat Sverdlovsk viloyatida 5000 dan ortiq bunday bolalar bor.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya