
Tyumen viloyati ta’lim boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, imtihon topshirgan taxminan 600 boladan 44 foizi imtihondan o‘ta olmagan. Bu ularning maktab uchun zarur bo‘lgan rus tili darajasini ko‘rsatmaganligini anglatadi. Bolalarning 56% imtihonni topshira olgan.
Rasmiylar bu test bolalarning maktab o‘quv dasturini to‘g‘ri bajarishini ta’minlash uchun zarurligini aytmoqda. Agar ularning rus tilini bilishi yetarli bo‘lmasa, bola maktabga qabul qilinmasligi mumkin.
Biroq, o‘tgan yili shu mintaqada qiziq voqea sodir bo‘lgan edi. Rossiyaga Qozog‘istondan kelgan ona tili rus bo‘lgan bolalar dastlab imtihonda kerakli ball to‘play olmagan. Shundan so‘ng bolalar va ularning ota-onalari Rossiya prezidenti Vladimir
Putinga videomurojaat yuborishdi. Shundan keyingina ular maktabga qabul qilindi.
Bu holat shuni ko‘rsatadiki, agar bola rusiyzabon bo‘lsa, testdan o‘ta olmasa ham maktabga qabul qilinishi mumkin.