573 17/07/2025

Leningrad viloyati Vsevolojsk yaqinida o‘zbekistonlik migrant onasini haqorat qilgan hamyurtini metall armatura bilan o‘ldirdi, deb xabar bermoqda 47news portali.

Nashrning yozishicha, janjallashganlar bir-birlarini bolalikdan bilishgan. 41 yoshli jabrlanuvchi o‘zining 46 yoshli sherigining onasi haqida haqoratomuz so‘zlarni aytgan. Gumonlanuvchi bunga toqat qilmay, uni kaltaklagan, jumladan, armatura bilan urgan.

Mintaqa Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 16-iyul kuni Murino shahrida qotillikda gumon qilinayotgan 46 yoshli xorijlik qo‘lga olingan. Uning vatandoshining jasadi ko‘plab jarohatlari bilan Kuyvozovskiy posyolkasida joylashgan “Dubki” bog‘dorchilik jamiyatida topilgan.

Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari xorijliklarning Rossiya hududida qonuniy bo‘lgan-bo‘lmaganligini ham tekshiradi.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya