110 29/03/2024

Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum akkauntdan teraktni yoqlab izohlar qoldirgan, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Biroq, noma’lum akkauntga qaramay, politsiya muhojir shaxsini aniqlab, yashash joyida qo‘lga olgan.

Shundan so‘ng tojikistonlikning uzr so‘ragan videosi ommaga taqdim etildi. E’tiborli tarafi shundaki, tojikistonlik teraktni yoqlab izoh qoldirgan yagona shaxs emas, u bilan birga uzr so‘ragan boshqa rossiyaliklarning ham videosi ommaga ko‘rsatilgan.

❗️Biroq jinoiy ish faqat ikki kishiga – bir rossiyalik va tojikistonlik muhojirga ochilgan, xolos.

Tojikistonlik muhojirga “Internet tarmog‘idan foydalanib, terroristik hatti-harakatlarni amalga oshirishga ommaviy chaqiruv bilan shug‘ullanganlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Mazkur voqeani inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy fikrlarni bildirmaslik kerakligini va bu uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация