Maqola

756 28/07/2025

Moskvada tergovchilar migrantlar jabrlangan Mitnaya ko‘chasida ro‘y bergan yirik yong‘inga aloqadorlikda kvartira egasini qo‘lga oldi. To‘rtinchi qavatda joylashgan ushbu xonadonda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan kuryerlar yashagan.

Avvalroq OAV xabar qilganidek, yong‘in, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qisqa tutashuv tufayli sodir bo‘lgan – elektr skuterlardan biri zaryad olayotganda yonib ketgan. Yong‘in yashovchilardan biri — 47 yoshli Bunyodbekning hayotiga zomin bo‘ldi.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, MIIGAiK (Moskva geodeziya va kartografiya universiteti) ma’muriy-xo‘jalik xizmati boshlig‘i lavozimida ishlaydigan 46 yoshli xonadon egasi 2020-yildan buyon vositachi orqali kvartirani migrantlarga noqonuniy ijaraga bergan. Uy-joy xostelga aylantirilgan va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan foydalanilgan.

Tergov qo‘mitasining xabar berishicha, uy egasi va uning rafiqasi qo‘lga olingan. Ularni hibsga olish masalasi yaqin kunlarda hal qilinadi. Tergovchilarga ko‘ra, aynan tegishli xavfsizlik sharoitlarining yo‘qligi yong‘in chiqishiga imkon bergan.

 

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya