1 034 20/01/2025

17-yanvar kuni kechqurun Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumanida yo‘lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida janjal kelib chiqqan. Huquq-tartibot idoralari xabariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlaridan birida tug‘ilgan 19 yoshli yigit ishchi va uning tanishi bilan janjallashib qolgan. Yigit yo‘l qoplamasini yotqizish bo‘yicha bir qancha maslahatlar bergani ishchilardan birining noroziligiga sabab bo‘lgan. Bahs janjalga aylanib ketdi va asabiylashgan ishchilardan biri «maslahatgo‘y»ga quroldan o‘q uzgan. O‘q migrantning bo‘yniga tekkan. «Mergan» ishchilar jabrlanuvchini mashinaga o‘tqazib, o‘zlari kasalxonaga olib borishgan.

Aleksandrovskaya shifoxonasi shifokorlari jabrlanuvchining bo‘yniga o‘q kirganini qayd etishgan. Yigit og‘ir ahvolda yotqizilib, shoshilinch operatsiya qilindi.

Otishma fakti bo‘yicha “bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi. Polisiya ikki erkakni qidirmoqda. Tergov voqeaning barcha holatlariga oydinlik kiritish va aybdorlarni javobgarlikka tortishni davom ettirmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya