Maqola

265 16/08/2024

Nijnevartovskning Samotlor ko‘chasida migrant Aman Botirbekov haqiqiy jasorat ko‘rsatib, sakkizinchi qavatdan yiqilib tushishi mumkin bo‘lgan kichkina bolani qutqarib qoldi.

Politsiyachilar bola joylashgan xonadonga kirishga harakat qilgan, lekin eshik qulf edi. O‘shanda Botirbekov yuqoridagi 9-qavatdan arqonda osilib tushishni taklif qildi.

Botirbekov arqon yordamida pastki qavatga tushib, kichkintoyga yorda berdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, kvartirada boladan boshqa hech kim bo‘lmagan, uning oyog‘i mebelga bog‘lab qo‘yilgan ekan.

Ushbu qahramonlik jamoatchilik e’tiborini tortdi, ammo qutqaruvchining o‘zi haqida kam narsa ma’lum. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Aman Botirbekov “Пятёрочка” do‘konida yetkazib beruvchi bo‘lib ishlaydi. Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, bolani qarovsiz qoldirgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi hal qilinmoqda.

O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, notanish bolaga yordamga kelgan muhojirning ishi haqiqiy jasorat va fidoyilik namunasi bo‘ldi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya