836 27/07/2025

Lipetsk viloyatining Panikovets qishlog‘ida haqiqiy “qo‘ylar bosqini” ro‘y berdi. Ijtimoiy faol, “SVO faxriylari ittifoqi” raisi o‘rinbosari Irina Dudorovaning polizi to‘rt oyoqli “dushmanlar” hujumiga nishon bo‘ldi. Dushman esa qo‘ylar galasi edi.

Dudorovaning so‘zlariga ko‘ra, u mehr bilan yetishtirgan sabzavotlar “maxsus harbiy operatsiya”da qatnashayotgan jangchilarga atalgan edi. U yig‘ib olingan hosildan «g‘alaba sho‘rvalari» pishirib, bankalarga solib oldingi safdagi jangchilarga jo‘natar ekan.

Biroq nogahonda hujum qilgan qo‘ylar galasi uning rejalarini chippakka chiqardi. Hosilni bitta qo‘ymay yeb bitirib, qolganini payxon qilib ketdi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, polizni g‘orat qilgan qo‘ylar tojikistonlik migrant qo‘shnisiga tegishli.

«Ular hamma narsani g‘ajib oyoq osti qilishdi, go‘yo tank bataloni o‘tib ketgandek. Men askarlar uchun bir oz kartoshka jo‘natmoqchi edim, lekin oxir-oqibat oilamga ham pishiradigan hech narsa ham qolmadi», – deya shikoyat qilgan u “Pod’yom” nashri jurnalistlariga.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya