
Kemerovoning Zavodskoy tuman sudi ikki kishi — migrant va mahalliy fuqaroga nisbatan hukm chiqardi. Ularga chegarani noqonuniy kesib o‘tish, hujjatlarni qalbakilashtirish va pora berishga urinishda ayblangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, muhojir 2022-yil oktyabr oyida Rossiyadan 2027-yilgacha qaytish taqiqlangan holda deportatsiya qilingan. Ammo erkak yana mamlakatga kirishga qaror qilgan. 2024-yilning yanvarida u ismini o‘zgartirgan, fevral oyida esa chegarani kesib o‘tib, 45 ming rublga qalbaki pasport va haydovchilik guvohnomasini sotib olgan.
2024-yil oktyabr oyida FSB xodimlari qonunbuzarlik haqida bilib qolgach, erkak vositachi orqali politsiya xodimiga 100 ming rubl pora berayotgan paytda hibsga olingan.
Sud ikkala shaxsni ham aybdor deb topdi. Migrant to‘rt yarim yillik qamoq jazosi va 400 ming rubl jarimaga tortildi. Uning rossiyalik sherigi 3 yilu 3 oylik qamoq jazosi va 300 ming rubl jarima to‘lashga hukm qilindi.
Har ikki erkak ham o‘z ayblarini to‘liq tan oldi.