Rossiya IIV o‘zining rasmiy telegram kanalida patent asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan xorijiy fuqarolar quyidagi qoidalarga amal qilishlari shartligini eslatib o‘tdi:
Davlat chegarasini kesib o‘tgach, muhojir migratsion karta olishi va 7 ish kuni ichida (agar Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalarida boshqa muddatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yashash joyi bo‘yicha migratsiya ro‘yxatiga olinishi kerak.
Patent olish uchun muhojirlar 30 kun ichida Rossiya IIVning hududiy bo‘limlariga yoki «ПВС» bo‘limlariga (Moskvadagilar ММЦ «Сахарово»ga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
Ariza topshirishda barmoq izlarini topshirish va quyidagi hujjatlarni taqdim etish talab etiladi:
– OIV infeksiyasi, xavfli yuqumli kasalliklar va narkotik moddalarning organizmda yo‘qligini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar (1 yil davomida amal qiladi);
– “ДМС” polisi yoki pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma;
– Rus tili, Rossiya tarixi va qonunlari asoslarini bilish haqida guvohnoma (3 yil amal qiladi), deb yozadi idora.
Patent olinganidan so‘ng
ikki oy ichida migrant Rossiya IIV hududiy bo‘limlariga mehnat faoliyatini haqida “уведомление”ni topshirishi kerak.
Muhojirlarga patent 1 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun Rossiyadan chiqish shart emas. Patent muddati tugashidan 10 kun oldin, patentni ikkinchi yilga uzaytirish uchun Rossiya IIV hududiy bo‘limlariga yoki «ПВС»ga (Moskvadagilar ММЦ «Сахарово» murojaat qilishi kerak.
Murojaat qilayotganda o‘zlari bilan quyidagilarni taqdim etish zarur:
– amal qilish muddati tugamagan yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar;
– ish beruvchidan olingan “ходатайство”;
– patentning oylik to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi cheklar.
Bundan tashqari, idora ish beruvchilarning majburiyatlarini ham eslatib o‘tgan.
Ish beruvchi 3 ish kuni ichida Rossiya IIVning hududiy bo‘limalarini xorijiy fuqarolar bilan mehnat shartnomasining tuzilgani yoki bekor qilinganligi haqida “уведомление” topshirishi shart.