689 11/09/2025

Xabarovsk Tsentralniy tuman sudi 2024-yil avgustida Xabarovsk viloyat akademik musiqali teatri binosi butunlay vayron bo‘lgan yong‘in bo‘yicha shov-shuvli ish boshladi.

Aybdorlar kursisida ikki kishi: qurilish uchastkasi boshlig‘i va o‘zbekistonlik migrant. Boshliq noqonuniy migratsiyani tashkil qilishda va qurilish ishlari davomida xavfsizlik qoidalarini buzganlikda, muhojir esa ehtiyotsizlik tufayli birovning mol-mulkini yo‘q qilishda ayblanmoqda.

Yong’in 2024-yilning yozida, teatr tomi kapital ta’mirlanayotgan paytda sodir bo’lgan. Teatr rahbariyati shartnoma tuzgan pudratchi tashkilot noqonuniy muhojirlarni yollagan.

Payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgan. Qurilish materiallari yonib ketib yong‘in tezda butun binoni qamrab olgan. Natijada teatr butunlay yonib ketdi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya