Maqola

1 083 17/07/2025

Ijtimoiy tarmoqlarda Istra (Rossiya) shahridagi suv omborida muhojirlar bolalar va ayollarni cho‘kishdan qutqarayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.

Qutqaruvchilardan biri, Tojikistonning Yovon tumanilik 27 yoshli Furqat Zikrulloyev o‘zining do‘stlari bilan qurilishda ishlaydi. 12-iyul, dam olish kuni ular suv havzasiga borib, qayiq ijaraga olishgan. Biroq o‘sha kuni ob-havo keskin o‘zgardi: kuchli shamol turib, yomg‘ir va do‘l yog‘a boshlandi.

Ular ketmoqchi bo‘lib turishganda, sohildan uzoqroqqa suzib ketgan boshqa bir qayiqdan uch nafar bola suvga tushib ketganini ko‘rib qolishdi. Rezina qayiq bo‘lib, ag‘darilib ketgan. Ularning ota-onalari boshqa qayiqda bo‘lgan, ammo yordam berishga imkonlari yo‘q edi. Bolalariga suzib yaqinlashmoqchi bo‘lgan otaning o‘zi cho‘kib keta boshladi.

Furqat va uning do‘stlari tezda qayiqda ularning yoniga suzib borib avval otani, keyin bolalarni qutqarib qolishdi. Keyin ular bolalarning onasini ham o‘z qayiqlariga olib, hammani qirg‘oqqa olib kelishdi.

Yigitlar shunchaki insoniy burchni bajarganliklarini aytishadi. “Bolalarning cho‘kib ketayotganini ko‘rib chiday olmadik, Allohga tavakkal qilib, qutqargani shoshildik”, deydi Furqat.

Keyinchalik ular saqlab qolishgani butun bir oila ekani ma’lum bo‘ldi. Qarindoshlar yigitlarga minnatdorchilik bildirishdi. Lekin Rossiya rasmiylari ularni mukofotlash tugul, eslab ham qo‘ymadi. Birorta ham ommaviy axborot vositasi bu voqea haqida xabar ham bermadi.

 

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya