Maqola

407 27/12/2025

Sevastopolda Opera va balet teatri qurilishida noqonuniy yollangan hujjatsiz migrantlar ishlagan. Bunga Chelyabinskdan kelgan guruh javobgar bo‘lgan. Ularning ishi FSB xodimlari tomonidan to’xtatilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil oktyabr oyida qurilish kompaniyasi direktorining o’rinbosari patentsiz migrantlarni ishga yollashga qaror qilgan. U do’stidan ularni topishda yordam so’ragan. Do’sti Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari orasidan ishchilarni qidirgan.

Migrantlar suv quvurlarini yotqizish ishlariga jalb qilingan va ularga maosh to’langan. Biroq, patenti bo‘lmagan. Ular “registratsiya”dan o’tmasdan xususiy uylarda yashagan.

FSB tashkilotchilarning ikki nafariga qarshi jinoiy ish qo’zg’atdi. Ular migrantlar uchun qasddan va birgalikda noqonuniy ishlarni tashkil qilishda, xizmat lavozimini suiste’mol qilishda ayblanmoqda. Ular 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Migrantlar esa sud qarori bilan Rossiyadan deportatsiya qilingan.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya