Maqola

481 24/06/2025

2024-yilda Rossiyadagi sanoat korxonalarida 47 ming malakali xorijlik mutaxassis ishlay boshladi. Bu ko‘rsatkich hukumat tomonidan belgilangan kvotadan 16 foizga ko‘p. Rossiya Mehnat vazirligi ishchilar kelgan yetakchi davlatlar qatoriga Xitoy, Turkiya, Hindiston va Serbiya kabi mamlakatlarni kiritgan.

“Tog‘-kon sanoati, qurilish-montaj va ta’mirlash-qurilish sohalari mutaxassislari uchun ajratilgan 30,7 ming kvotaning 22,4 ming nafari (73 foizi) yetib keldi. Operatorlar, mexanizatorlar, mashinistlar va stasionar asbob-uskuna montajchilari uchun limitning 66 foizi (14,8 ming nafari dvigatel va mexaniksozlikda —— 22,1 ming kishidan 14,8 ming) olindi. Metallni qayta ishlash va mashinasozlik sohasida esa (15,5 mingdan 10,9 ming kishi) ish o‘rnini band qilgan”, – deb yozadi “Vedomosti”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil uchun viza bilan kiruvchi xorijiy ishchilarni jalb qilish uchun belgilangan kvota sanoat sohasi uchun 40,5 ming kishini tashkil etgan. Biroq, jalb qilingan mutaxassislarning haqiqiy soni ko‘proq bo‘lgan.

Rossiya korxonalariga malakali ishchilar kelgan asosiy davlatlar qatoriga Xitoy, Turkiya, Hindiston va Serbiya kiradi. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, kvotaning mavjudligi Rossiyaga kirishni kafolatlamaydi – har bir chet ellik mutaxassis mehnat vizasi va ishlash uchun ruxsatnomani individual ravishda olishi kerak. Agar hududda mahalliy kadrlar yetishmasligi yoki yangi investisiya loyihalari uchun asbob-uskunalarni moslashtirish zarur bo‘lsa, hokimiyat qo‘shimcha kvotalar uchun ariza berishi mumkin.

Rossiyadagi mehnat muhojirlari soni so‘nggi o‘n yil ichida deyarli ikki baravar kamaydi. 2015-yildan boshlab xorijiy ishchilar sonining qisqarishi barqaror tendensiyasi qayd etildi. Mutaxassislar bu jarayonni mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul va dollar kursining rublga nisbatan sezilarli darajada oshishi bilan bog‘lashmoqda. Bundan tashqari, ko‘rsatilgan davrda migratsiya qonunchiligiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilgani migrantlarni ish bilan ta’minlash shartlarini murakkablashtirdi, moliyaviy xarajatlarni oshirdi hamda ularning bosqichma-bosqich qisqarishiga olib keldi.

 

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya