
Moskvada ishga kelgan Qozog’iston va O’zbekistonning o’ndan ortiq fuqarolari og’ir sharoitlarda qoldi. Ular sovuq qurilish inshootlarida joylashtirilgan, deyarli oziq-ovqatsiz qoldirilib, hujjatlari ikki haftadan ko’proq vaqt davomida berilmagan.
Jabrlanuvchilardan biri agentlik rasmiy ish bilan ta’minlashni va’da qilgan TikTokdagi e’lonni ko’rganini aytgan. Yanvar oyida bir guruh erkaklar Rossiyaga kelganida ularning pasportlari shartnoma imzolash va hujjatlarini rasmiylashtirish bahonasida olib qo‘yilgan.
Bir necha kundan keyin ularni Moskva viloyatidagi qurilish maydonchasiga olib borishgan va sharoitlari bo‘lmagan vagonchalarga joylashtirishgan. Ichimlik va yuvinish uchun ham suv bo‘lmagan sharoitda ulardan ish kiyimi uchun pul olingan. Ularga ikki hafta davomida atigi 6000 rubl to’langan.
Ularga hujjatlari migratsiya markazida rasmiylashtirilishi va’da qilingan edi, ammo bu va’da bajarilmadi. Ba’zi odamlar hali ham pasportlarini qaytarib olishmagan. Ishchilar aldanganliklariga va kuch bilan ushlab turilganliklarini aytishmoqda. Ular politsiyaga ariza berib, elchixonaga murojaat qilishdi. Ochiq ma’lumotlarga ko’ra, ularni yollagan kompaniya yopilmoqda.