
2026-yilning 1-martidan boshlab Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatga kelayotgan barcha mehnat muhojirlari va xorijliklarni gepatit B va C ga tekshirishni boshlashni rejalashtirmoqda. Yangi qoidalar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, qochqinlar va vaqtinchalik boshpana so‘rab murojaat qilganlarga ham tegishli bo‘ladi, deb yozadi “Vedomosti”.
O’zgartirishlar loyihasi allaqachon normativ hujjatlarning federal portalida e’lon qilingan. Tushuntirish xatida o‘zgartirish “tibbiy ko‘riklar o‘tkazish tartibini takomillashtirish” uchun zarurligi qayd etilgan.
Hozirda Rossiyada ishlash, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (РВП) yoki doimiy yashash uchun ruxsat (ВНЖ) olmoqchi bo‘lgan barcha migrantlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Ayni paytda OIV, sil, sifilis, moxov kabi xavfli kasalliklarga qarshi tekshiriladi.
Yangi qoidalar joriy etilgandan so’ng, kasalliklar ro’yxati B va C gepatitlarini ham o’z ichiga oladi. Shu tariqa, rasmiylar muhojirlarning sog’lig’i ustidan monitoringni kuchaytirish va infektsiyalarning tarqalish xavfini kamaytirishni istamoqda.