Migrantlar uchun «госуслуги» juda kerakli instrument. Unda albatta ro‘yxatdan o‘tib, elektron xizmatlardan foydlanish kerak.
Elektron xizmatlardan foydalanish uchun SNILS hujjatingiz bor bo‘lishi kerak. Agar yo‘q bo‘lsa avval SNILS olishingiz kerak. SNILSni MFS Moi dokumentы yoki «Социальный фонд России» (SFR) dan olasiz.
Demak, SNILS bor, telefonga «Госуслуги» ilovasini o‘rnatdingiz. Endi nima qilish kerak?
Telefon raqamingizni kiritib, parol belgilaysiz. So‘ng shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritasiz. Ism, familiya va h.k.
Ma’lumotlaringizni kiritgach, soddalashtirilgan Gosuslugini ochgan sanalasiz. Endi ushbu soddalashtirilgan akkauntingizni mukammallashtirishingiz kerak. Buning uchun uydan hech qayerga chiqmay, onlayn bankdan foydalansangiz bo‘ladi.
Buning uchun «Госуслуги»da onlayn bank orqali (masalan Sberbank onlayn) profilni tasdiqlashni tanlang. Onlayn bankka kirib, profilingizni tasdiqlashlariga rozilik bering. Bo‘ldi.
Endi bir necha daqiqa (odatda 15-20 daqiqa)dan so‘ng, qaytadan kirsangiz, profilingiz mukammalashtirilgan bo‘ladi. Bundan profildan bemalol foydalanib, MVD va boshqa idoralardan elektron xizmatlarni olishingiz mumkin.