Maqola

132 24/07/2024

Noqonuniy muhojirlarning yashash joylari to’g’risida ma’lumot berganlik uchun 100 ming rubl miqdorida pul to’lanishi kerak, deydi Davlat Dumasining LDPR partiyasidan deputati Sergey Karginov.

Deputat bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziriga maktub yo‘llaganini ta’kidlagan.

Deputatning bunday taklifi Rossiya byudjeti uchun qanchaga tushadi?

Ichki ishlar vazirligi 2024-yil boshidan buyon 30 mingdan ortiq muhojir Rossiyadan chiqarib yuborilganini maʼlum qilgan. Agar haydalgan muhojirlarning har biri noqonuniy bo‘lgan deb hisoblasak, Rossiya rasmiylari ushbu migrantlarni topib bergan fuqarolarga olti oy davomida 3 milliard rubldan to‘lagan bo’lar edi. 6 oy Ichida 3 milliard rubl rag’batning o’ziga, ya’ni deportatsiya, reydlar tashkil etish xarajatlari, shuningdek, ish beruvchilar duch kelgan zararlar hisobga olinmasa, shunday katta mablag’ sarflangan bo’lar edi.

Karginovning fikricha, uning bunday qimmatbaho tashabbusi jamiyat uchun xavfli bo’lgan noqonuniy migratsiya tarmoqlarini topib, zararsizlantirishga yordam berar ekan.

“Fuqarolar va huquq-tartibot idoralarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan biz noqonuniy migratsiya oqimiga qarshi ishonchli to‘siq yaratamiz”, — deydi Karginov.

Biroq Karginov Rossiya Ichki ishlar vazirligi rag’bat uchun budjetni qayerdan olishi kerakligiga aniqlik kiritmagan.

Nima deb o’ylaysiz, bu tashabbus aholi o‘rtasida “quloq”lar sonini ko‘paytiradimi?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya