Maqola

282 30/07/2026

Chet el fuqarolari Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasi – RVPni «Gosuslugi» portali orqali uzaytirish imkoniyatiga ega boʻladi. Bunday buyruq loyihasini Rossiya Ichki ishlar vazirligi tayyorlab jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Yangi hujjat 2027-yil 1-yanvardan kuchga kirishi kerak.

Qonunga boʻysunuvchi migrantlar ruxsatnomani uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani internet orqali elektron shaklda yuborishlari mumkin boʻladi. Biroq muhojir istasa hujjatlarni avvalgidek IIV boʻlinmasiga shaxsan olib borish ham mumkin. Arizada shaxsiy ma’lumotlarni, pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini, bogʻlanish uchun kontaktlarni va pochta manzilini koʻrsatish majburiy boʻladi. Agar arizani ta’lim muassasasi oʻz talabasi uchun topshirsa, unda mamlakatda boʻlishning taxmin qilinayotgan muddati koʻrsatiladi. Bu muddat talaba ta’lim muassasasidan chetlashtirilganidan keyin 30 kundan oshib ketishi mumkin emas.

Qoidabuzarlar uchun yanada qattiqroq boʻladi. Aeroportlar va vokzallardagi migratsiya postlari xodimlari qonunni buzgan va mamlakatga kirishga urinayotgan chet elliklarning vaqtincha yashash ruxsatnomasini bekor qilish huquqiga ega boʻladi. Bunday qarorlarni migratsiya masalalari boʻyicha boʻlim boshliqlaridan tortib, transportdagi IIV chiziqli boshqarmalari rahbarlarigacha boʻlgan vakolatli rahbarlar qabul qila oladi. Avvalroq Davlat dumasi chet elliklarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun yangi asoslarni tasdiqlagani ham ma’lum boʻlgan edi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya