
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Yekaterinburgdagi Wildberriyes omborida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha hisobot talab qildi. Jinoiy ish qotillikka urinish deb baholangan.
Tergov qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, omborda xorijiy fuqarolar va Rossiya fuqarolari o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan. Mushtlashuv paytida bir kishi og‘ir pichoqlangan va kasalxonaga yotqizilgan. Keyinchalik Sverdlovsk viloyatidagi tergov organlari «qotillikka urinish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Hodisaning o‘zi o‘tgan yil oxirida sodir bo‘lgan, ammo bu haqda Ural ommaviy axborot vositalari xabar berganidan so‘ng keng tarqaldi. Chernyaxovskiy ko‘chasidagi Wildberriyes omborida tojikistonlik uch migrant va ikki Rossiya fuqarosi janjallashgan. Janjal paytida rossiyaliklardan biri pichoqlangan va og‘ir ahvolda Yekaterinburg kasalxonasiga olib ketilgan.
Pichoqlagan erkak shahardan qochib ketgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, janjalga aloqador 22 yoshli erkak qo‘shni mintaqada hibsga olingan. U Rossiyadan chiqib ketishga ulgurmagan.
Pichoqlashga olib kelgan mojaroning sababi hali ham noma’lum.