238 11/03/2026

Rossiyada patent asosida ishlaydigan migrant ishchilar tomonidan to‘langan avans soliq to’lovlari oshdi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy ishchilar 2025-yilda byudjetga 172 milliard rubl to‘lagan.

Bu o’tgan yilga nisbatan taxminan 39% ga ko’p.

Patent asosida ishlaydigan migrantlar Rossiyada NDFL solig’i bo’yicha oylik oldindan belgilangan to’lovni to’lashlari shart. Ushbu to’lov patentning butun amal qilish muddati uchun amalga oshiriladi.

2025–2026 yillarda ushbu to’lovning miqdori 1200 rubl etib belgilangan bo‘lsa-da, ammo haqiqiy miqdori odatda yuqoriroq bo’ladi. Bu mintaqaviy koeffitsient va deflyator koeffitsientiga bog’liq. Shuning uchun to’lov Rossiyaning turli mintaqalarida farq qiladi.

Shundan so’ng, ish beruvchi yakuniy soliq hisob-kitobini amalga oshiradi. U migrant tomonidan allaqachon to’langan avans to’lovlarini hisobga oladi va ularni shaxsiy daromad solig’ining umumiy miqdoridan chegiradi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, daromadlarning o’sishi Rossiyada patentga ega bo’lgan xorijiy ishchilar soni va ularning soliq to’lovlari miqdori ortib borayotganidan dalolat beradi.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya