153 06/06/2025

3-4 iyun kunlari Sankt-Peterburgning Krasniy Tekstilshik ko‘chasidagi migratsiya markazi yonidagi torko‘chada 200 ga yaqin kishi tunab qolgan. Muhojirlardan birining “Bumaga” nashriga aytishicha, odamlar ishlashga ruxsat olish uchun navbatda turishgan. Ko‘pchilik buni bir kun polisiyaning ommaviy reydlari tufayli qilishga ulgurmay qolgan va hujjatlarni rasmiylashtirishning iloji bo‘lmagan.

Markaz yaqinida to‘siqlar va metall detektor ramkalari o‘rnatilib ikkita o‘ziga xos yopiq «bostirma» yasalgan. Ulardan biri erkaklar, ikkinchisi ayollar uchun. Ichkarida siz faqat asfalt ustida turishingiz yoki o‘tirishingiz mumkin. Muhojirlardan biri: «Ular bizni qo‘y kabi ushlab turishibdi – biz yo tik turamiz yoki o‘tiramiz», degan.

Suv olish uchun tashqariga chiqishning iloji yo‘q. Odamlarga faqat bir soat – soat 19:00 dan 20:00 gacha kirish va chiqishga ruxsat berilgan. Kechasi salqin, lekin baribir ko‘pchilik navbatni yo‘qotmaslik uchun o‘sha yerda qolishdi.

Ertalab odamlarni markazga sekin-asta kiritishdi. Ammo xavfsizlik kuchlari yana keldi – polisiya va Rossiya Milliy gvardiyasi navbatda turganlarning hammasining hujjatlarini yana tekshira boshlagan.

Aslida bunday reydlar 3-iyun kuni ham o‘tkazilgan. Migratsiya markazlari, qurilish ob’yektlari va boshqa joylarda migrantlarning hujjatlari tekshirilganidan so‘ng 200 dan ortiq odam polisiyaga olib ketilgan. Aksariyatiga ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima solingan, 30 nafar xorijlik esa Rossiyani tark etishi kerakligi aytilgan.

Krasniy Tekstilshik ko‘chasida (10-12-uy) o‘tkazilgan reyd davomida yo‘l to‘sib qo‘yilib, barcha migrantlar, hatto qonuniy yo‘l bilan hujjat olmoqchi bo‘lganlar ham qo‘lga olindi. Shu sababli, ko‘pchilik belgilangan vaqtda ariza topshirishga ulgurmadi.

Ushbu markazda migrantlar ishlash uchun ruxsatnomalar, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar, yashash uchun ruxsatnomalar va hatto fuqarolikka murojaat qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda xorijliklar ko‘pincha bir necha soat uzun navbatda turishga majbur bo‘layotganidan shikoyat qiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya