117 27/02/2024

2023-yilda Rossiyadan xorijga jismoniy shaxslarning pul o’tkazmalari 26,5 milliard dollarga yoki 48,8 foizga kamaygan.

Bu haqida Rossiya Markaziy banki hisobot bermoqda. Asosan Rossiyadagi migrantlar amalga oshiradigan valyuta transchegaraviy o’tkazmalar hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 48,8 foizga kamayib ketgan. 2023-yilda amalga oshirilgan valyutadagi $27,8 milliard dollarning 60-68% Rossiyaga do’stona mamlakatlarga, ya’ni MDH davlatlariga amalga oshirilgan.

Qolaversa Rossiya Markaziy Bankiga ko’ra rubldagi o’tkazmalar 2023-yilda 249,3 milliard rublga yoki 25,8 foizga o’sib, 1 trillion 215,9 milliard rublni tashkil etgan. Bu bevosita muhojirlar orasida rubldagi o’tkazmalar ommalashayotganini ko’rsatadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация