124 01/03/2024

Novosibirsk oblastida migrantlar 2023-yil 656 ta jinoyat sodir etgan. Bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan 1,5% kam, 2021-yilga nisbatan esa 58,83% ko‘p, deya xabar bermoqda Novosibirsk MVD boshqarmasi.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, Novosibirskda muhojirlar asosan giyohvand, psixotrop vositalar va birovning mulkiga tajovuz qilish moddalari bilan ayblangan.

Rossiya MVDsining axborot-tahlil markaziga ko‘ra o‘tgan yili Rossiyada migrantlar tomonidan 38,39 ta jinoyat sodir etilgani qayd qilingan. Bu 2022-yilga nisbatan 3% kam ko‘rsatkich. 2023-yildagi umumiy jinoyatlarning bor-yo‘g‘i 3,9 foizigina Rossiyadagi xorijliklar yoki fuqaroligi yo‘q shaxslar tarafidan sodir etilgan.

MVDning statistikasi bo‘yicha batafsil tahlillarimizni avvalroq keltirgan edik. Tahlil natijasida migrantlarning jinoyatchiligi haqidagi gaplar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniq bo‘lgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация