Maqola

679 06/11/2025

Rossiya qolish muddatini buzgan migrantlarni qat’iy nazorat qilishni boshladi. Ichki ishlar vazirligi agar chet el fuqarosining qolish muddatini uzaytirish uchun asoslari bo’lmasa avvalgidek “kirish-chiqish” yordam bermasligini eslatdi. Vizasiz davlatlar fuqarolari uchun maksimal qolish muddati yiliga 90 kun. Agar shaxs bu muddatdan uzoqroq qolsa, uning ma’lumotlari maxsus ro’yxatga – Nazorat ostidagi shaxslar reestriga qo’shiladi.

Shuni bilish muhimki, migrant haqidagi ma’lumotlar Rossiya Ichki ishlar vazirligi veb-saytida paydo bo’lganda, shaxs xabardor qilingan hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, agar migrant shaxsan xabarnomani ko’rmagan bo’lsa ham, qonuniy ravishda ogohlantirilgan deb hisoblanadi.

Reestr 2025-yil 5-fevraldan beri amal qiladi. Unga Rossiyada qonuniy asoslarsiz bo’lgan barcha chet elliklar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar kiradi.

Reestrdagilarga nikohni ro’yxatdan o’tkazish yoki ajrashish; farzandlarini bolalar bog’chasiga yoki maktabga berilishi; mashina haydash mumkin emas. Shuningdek, reestrga tushgan shaxs bank kartalaridan yoki ko’plab xizmatlardan foydalana olmaydi.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya