Maqola

313 20/03/2025

Migrantlar Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi pasport-viza xizmati va unda faoliyat yuritayotgan «Медицинасервис» MChJ klinikasi ustidan Federal anti-monopol xizmatiga shikoyat qilishdi. Bu haqda «Коммерсант-Приволжье» nashri xabar berdi.

Klinika migratsiya markazining binosida joylashgan va «bir oyna» tamoyili asosida tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. Unda migratsiya markaziga murojaat qilganlar gepatit, sil, OIV va narkotik moddalar yoki psixotropik vositalarni iste’mol qilish kabi xavfli kasalliklar bo’yicha tibbiy tekshiruvdan o’tkaziladi.

Shikoyatdan ma’lum bo‘lishicha, xorijliklar Nijniy Novgoroddagi boshqa tibbiyot klinikalaridan tibbiy hujjatlarni olib kelsa migratsiya markazida qabul qilinmay rad etilgan. Da’vogar muhojirlarning fikricha, bu raqobat qonunining buzilishidir. Shikoyat bo‘yicha ochilgan ishda boshqa klinikalarning arizalari ham mavjud. Arizalarda boshqa klinikalar ularda tekshiruvdan o’tgan chet elliklardan tibbiy hujjatlar qabul qilinishiga to’sqinlik yaratilayotgani ko‘rsatilgan.

Anti-monopol komissiyasi pasport-viza xizmati bo’limidan «Медицинасервис» MChJni migratsiya markazi rezidenti sifatida tanlash bo’yicha yozma asos, klinikaning hisobotlarini, tariflarini asoslovchi boshqa hujjatlarni so’ragan.

Shikoyatdan so’ng klinikada va migratsiya markazida tekshiruv o’tkazila boshlangan.

Manbalarga ko’ra, shikoyatdan keyin hozirda migrantlar boshqa klinikalardan olib kelingan tibbiy xulosalar ham qabul qilinmoqda. Ushbu holat huquqbuzarliklarga qarshi qonun doirasida qanday kurashish kerakligining yorqin namunasidir.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya