236 27/12/2025

Xorijda vaqtinchalik bo‘lib turgan va og‘ir xayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Migratsiya jamg‘armasi xisobidan huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatilishidan xabaringiz bormi?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yilning 22-apreli qabul qilingan 252-sonli qaroriga asosan chet eldagi O‘zbekiston Fuqarolariga quyidagi yordam turlari ko‘rsatiladi:

1. Mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, og‘ir kasallikka chalingan va tibbiy xarajatlarni o‘z mablag‘laridan qoplash imkoniga ega bo‘lmagan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish. Bunda MDH mamlakatlarida 1000 AQSH dollarigacha, boshqa davlatlar 1500 AQSH dollarigacha bo‘lgan xarajatlar to‘lab beriladi.

2. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor bo‘lgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, yashash uchun mablag‘larsiz qolgan fuqarolar va ularning farzandlariga 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga xostellar va sutkali mehmonxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash. Bunda MDH mamlakatlari uchun 300 AQSH dollarigacha, boshqa davlatlar uchun 500 AQSH dollarigacha bo‘lgan xarajatlar to‘lab beriladi.

3. Bunday xolga tushgan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga qaytishi uchun avia va temir yo‘l chiptalari haqini to‘lab beriladi.

4. Ularga bir martalik moddiy yordam to‘lanadi. Bunda MDX mamlakatlaridagi fuqarolar BXMning 3 baravari miqdorida, boshqa davlatlardagilar esa BXMning 5 baravari miqdorida yordam olishlari mumkin.

5. Murojaatchilarning huquqini himoya qiluvchi advokat va yuridik xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning 3000 AQSH dollarigacha bo‘lgan xizmatlariga haq to‘lanadi.

6. Chet elda bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini vatanga qaytarishga yordam beriladi. Bunda MDH mamlakatlari uchun 1500 AQSH dollarigacha, boshqa davlatlar uchun 9000 AQSH dollarigacha mablag‘ ajratiladi.

Yordam olish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining ekrandagi bepul telefon raqamlariga yoki siz turgan davlatdagi vakolatxonasiga murojaat qiling.

Agentlik vakolatxonalari mavjud bo‘lmagan xorijiy davlatlarda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali yordam ko‘rsatiladi va amalga oshirilgan xarajatlar Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan diplomatik muassasa tomonidan ko‘rsatilgan hisob raqamlariga 10 ish kuni davomida moliyalashtirib berilishi kafolatlanadi.

Bundan tashqari, @huquqiyyordamuzbot telegram boti orqali ham bog‘lanish mumkin.

Agar O‘zbekistonda bo‘lsangiz, 1282 qisqa raqami yoki +99871 202 33 55 raqamiga murojaat qiling.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya