Maqola

576 16/04/2025

Yekaterinburgdagi shahar poliklinikalaridan birida migrantlar uchun alohida kirish qismi tashkil qilingani oqibatida yuzaga kelgan katta navbatlar jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi.

«БЕЗУМНЫЙ ЕКБ | Новости Екатеринбурга» Telegram-kanali tomonidan e’lon qilingan videoda o‘nlab muhojirlar bino oldida to‘planib, ko‘p qavatli uy hovlisiga kirish yo‘lini to‘sib qo‘yganini ko‘rish mumkin.

Bunga tibbiyot muassasasi rahbariyatining chet el fuqarolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun alohida kirish joyi tashkil etishga qaror qilgani sabab bo‘lgan. Biroq, muhojirlarga alohida kirish tartibini tashkil etishda ularga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning o‘tkazilish xususiyatlari hisobga olinmagan.

Sifatli tashkilotchilik va yetarli infratuzilma yo‘qligi sababli, poliklinika oldida sun’iy ravishda katta navbatlar paydo bo‘lgan. Bu esa mahalliy aholining noroziligiga olib kelgan. Chunki poliklinika oldidagi navbatlar odamlarga uylariga kirish yoki poliklinika yonidan o‘tishni qiyinlashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan mahalliy aholi g‘azabi ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar nafaqat muassasa rahbariyatini, balki, afsuski, yana muhojirlarning o‘zlarini tanqid qilgan. Ba’zi izohlar mualliflari ksenofobik kayfiyatda munosabat bildirganini ko‘rish mumkin.

Poliklinika rahbariyati yoki Yekaterinburg rasmiylari hozircha vaziyatga izoh bergani yo‘q. Noto‘g‘ri tashkillashtirilgan tartib millatchilikka asoslangan ziddiyatlarni kuchaytirmasligi uchun tashabbusni puxta o‘ylab, migrantlar va mahalliy aholining manfaatlarini hisobga olgan holda tashkil etish kerakligi ayon bo‘lmoqda.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya