101
19/03/2025
Jamg’arma – bu kutilmagan vaziyatlarda sizning himoyangiz va muhim hayotiy maqsadlarga erishish imkoniyatidir.
Migrantlar uchun moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi ayniqsa muhim, chunki:
- Ish mavsumiy yoki beqaror bo’lishi mumkin;
- Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kutilmagan xarajatlar bo’lishi mumkin;
- Vatanda oilaga yordam berish uchun mablag’ kerak;
- Uyga qaytish va o’z ishingizni boshlash uchun kapital bo’lishi muhim.
Biz migrantlarning moliyaviy savodxonligiga bag’ishlangan turkum maqolalar nashr etishda davom etamiz. Bunda bizga ishonchli hamkorimiz — SalamPay pul o‘tkazish xizmati yordam beradi. Ilovani quyidagi havola orqali yuklab oling.
Pul to’plashning asosiy tamoyillarini ko’rib chiqamiz:
Ikki konvert tizimi
- Pulni xarajat va jamg’arma pullariga ajrating;
- Jamg’armalarni kundalik pullardan alohida saqlang;
- Turli pul toifalarini aralashtirmang.
Belgilangan summa usuli
- Har oylik jamg’arma uchun aniq summani belgilang;
- Jamg’armaga majburiy to’lov sifatida qarang;
- Daromad oshganda jamg’arma summasini oshiring.
Birinchi kun qoidasi
- Oylik yoki daromad olgandan keyin darhol pulning bir qismini jamg’aring;
- Daromadning 10% dan boshlang;
- Jamg’arma foizini asta-sekin oshirib boring.
Mayda pullarni to’plash
- Barcha mayda pullarni jamg’arma qutisiga soling;
- Muayyan nominal qiymatdagi kupyuralarni to’plang;
- Jamg’arma hisobingizni kichik summalar bilan muntazam to’ldiring.
Maqsadli jamg’arma
- Aniq moliyaviy maqsad yoki bir nechta maqsadlarni belgilang. Masalan, avia chipta, avtomobil sotib olish va boshqalar;
- Zarur summani hisoblang;
- Maqsadga erishish muddatini belgilang;
- Umumiy summani oylar soniga bo’ling.
Jamg’armish avtomatizatsiyasi
- Bank ilovasida kartaga oylik yoki boshqa pul kelib tushganda pulning bir qismini jamg’arma hisobiga avtomatik o’tkaziladigan qilib qo’ying;
- Bank ilovasidagi jamg’arma hisoblaridan (konvertlar, zaxiralar) foydalaning;
Jamg’armani qayerda saqlash yaxshiroq?
Bank vositalari
- Ishonchli bank yoki bank ilovasida jamg’arma hisobi;
- To’ldirish imkoniyati bilan depozit;
- Jamg’armani diversifikatsiya qilish uchun turli valyutalardagi hisoblar. Agar rubl zaiflashsa, chet el valyutasidagi jamg’armangizning bir qismi xarid qobiliyatini saqlaydi;
- Metal hisoblar (oltin, kumush).
Naqd jamg’arma
- Ishonchli joyda (uy seyflar va bank yacheykalar) va turli valyutalarda saqlang;
- Bir nechta qismga ajrating;
- Inflyatsiya xavfini hisobga oling.
Jamg’arma qilishdagi xatolar:
Aniq rejaning yo’qligi
- Aniq maqsadlar belgilanmagan;
- Muntazam jamg’arma tizimi yo’q;
- Jamg’arma bo’yicha rejalanmagan qarorlar.
Barcha pullarni bir joyda saqlash
- Barcha mablag’larni yo’qotish xavfi;
- Jamg’armani sarflab yuborish xavfi;
- Turli moliyaviy maqsadlar uchun yig’ilayotgan mablag’larning aralashib ketish ehtimoli.
«Ortgan pullarni» jamg’arish
- Odatda hech narsa ortmaydi;
- Jamg’arish muhimligining kamayishi;
- Jamg’arishda intizomning yo’qligi.
Bu maqolani do’stlaringizga yuboring.
Keyingi maqolada qarzlardan qutulish sirlari haqida gaplashamiz.