Мақола

80 22/04/2024

1-maydan boshlab migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslaridan imtihonlar faqat oliygohlarda o‘tkaziladi. Imtihonlar har bir shaharning oliygohlarida o‘tkazilishi belgilandi.

Xususiy test markazlari rus tilidan imtihon o‘tkazishlari taqiqlangan. Avval rus tilidan migrantlar uchun imtihonlar oliygohlarda o‘tkazilishidan tashqari ular bilan shartnomasi bor xususiy markazlarda ham bo‘lib o‘tardi.

Barcha xohlovchilar uchun imtihon o‘tkazishga imkoni yetmagan oliygohlar xususiy markazlar bilan shartnoma tuzib, ularning xodimlarini imtihon o‘tkazish uchun o‘qitar edi.

Biroq 22-mart kuni “Crocus City Hall”dagi teraktdan so‘ng rus tili imtihonlari sohasi qattiq tekshiruvga tushdi. Ko‘plab xususiy markazlarning xodimlariga “Noqonuniy migratsiyani tashkillash” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. A.S.Pushkin nomidagi davlat rus tili instituti xodimlari ham korrupsiya va imtihonlarni tashkillashdagi kamchiliklar tufayli jinoiy javobgarlikka tortildi, institutning rektori esa ishdan olingan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация