
2026-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish bo‘yicha imtihonlar faqat kompyuter ko‘rinishida o‘tkaziladi. Bu haqda Rosobrnadzorning Telegram-kanalida xabar berildi.
Departamentning xabar berishicha, federal test markazi «ЭкзаМ» dasturiy paketini ishlab chiqqan. Uning yordami bilan migrantlar uchun imtihon o‘tkazish jarayonini to‘liq avtomatlashtirish mumkin bo‘lishi kutilmoqda.
«ЭкзаМ»dan foydalanish xodimlarning ish yukini kamaytirishga yordam beradi, imtihon jarayonining shaffofligini oshiradi va imtihon oluvchilarning shaxsiy maʼlumotlari himoyasini kafolatlaydi.
Dastur yordamida imtihondan muvaffaqiyatli o’tganlar uchun sertifikatlar o’sha kuni beriladi.
6-avgust kuni hukumat Rossiya fuqaroligini olish uchun imtihon topshirish shakli va tartibini tasdiqlagani ma’lum bo’ldi. Gap ikkita test – rus tili, mamlakat qonunchiligi asoslari va tarixi haqida bormoqda. Xorijiy fuqarolar til imtihonini og‘zaki va yozma shaklda topshiradi, tarix va qonunchilik fanidan test sinovlari esa faqat yozma shaklda, jumladan, kompyuterdan foydalangan holda amalga oshiriladi.