Maqola

208 07/12/2024

Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon narxi fuqarolik olish maqsadida migrantlar uchun 2950 rubl etib belgilandi.

Bu haqda hukumat qarorida keltirilgan bo‘lib, hujjatga Bosh vazir Mixail Mishustin imzo chekdi.

Vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki doimiy yashash ruxsatnomasi (VNJ) olish uchun imtihon narxi 5900 rubl qilib belgilangan.

Agar imtihon ishlash uchun patent olish maqsadida topshirilsa, uning narxi 3800 rubl bo‘ladi.

Ilgari bunday imtihonlarga yagona belgilangan narx mavjud emas edi. Yangi hujjat avvalgi qarorni bekor qildi . Ilgarigi qarorga ko‘ra, imtihon o‘tkazuvchi tashkilot narxlarni maxsus formula orqali hisoblaydi. Formula to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar, imtihonni o‘tkazish bilan bog‘liq bilingan xarajatlar, bilvosita xarajatlar va qo‘shilgan qiymat solig‘ini (NDS) o‘z ichiga olar edi.

Xuddi shu hujjatda xizmat narxining eng yuqori chegarasi belgilangan bo‘lib, u hozirgi qiymatlar bilan deyarli bir xil bo‘lgan: RVP yoki VNJ uchun 5900 rubl, ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent uchun esa 3800 rubl.

Migratsiya siyosatidagi o‘zgarishlar

Migrantlarning rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilishini tekshiruvchi imtihonlarni topshirish jarayonidagi o‘zgarishlar bu bahorda boshlangan edi. O‘shanda tijoriy tashkilotlarni imtihonlarni qabul qilish jarayonidan chiqarishga qaror qilingan edi. Natijada, migrantlarni testdan o‘tkazish uchun akkreditatsiyaga ega bo‘lgan 12 ta oliygoh o‘z tijoriy sheriklari bilan shartnomalarni bekor qildi.

Ushbu tijoriy maydonlar universitetlardan ajratilgan bo‘lib, faqat foyda olishga yo‘naltirilgan. Ular faoliyatini nazorat qilish qiyin bo‘lgan, suiiste’mol holatlari kuzatilgan. Masalan, imtihon uchun javobgarlar pul evaziga migrantlarga imtihon savollarini oldindan ko‘rsatishi yoki gapirish imtihonida videotasvirga olinayotganda, yozuv taxtasida to‘g‘ri javoblarni yozib qo‘yishi mumkin edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya