158 06/09/2024

Hozirgi vaqtda bot orqali berilgan ma’lumotlarga asosan 42 ta reyd o‘tkazilgan va 30 dan ortiq kishi deportatsiya qilingan.

Faqat migrantlar uchun shikoyatlarga atalgan telegram-bot Yangi Moskvadagi Sosensk qishloq hududida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda 4-sentyabr kuni Moskva shahar dumasi deputati Aleksandr Kozlov o‘z telegram-kanalida xabar bergan.

Eslatib o’tamiz, bu Rossiyada migrantlar ustidan shikoyat qilish mumkin bo’lgan birinchi aloqa kanali emas. Avval safarbarlik boshlanganida ko’p qavatli uylarning podyezdlariga (kirish qismi) “migrantlar yashayotgan bo’lsa xabar bering” mazmunida varaqalar yopishtirilgan edi. Keyinroq Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi rasman migrantlar ustidan shikoyat uchun doimiy aloqa raqamlarini ishga tushirdi. Endi esa mahalliy deputatlar telegram botlarni tashkil qilishmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya