
Volgograd viloyatida navbatdagi migrantlarga qarshi reyd o’tkazildi.
Ilovlinskiy tumanida politsiya chet ellik ishchilarning hujjatlari borligi va qonuniy ro’yxatdan o’tganligini tekshirish uchun issiqxona xo’jaliklarini tekshirdi. Reydda 34 nafar O’zbekiston fuqarosi bir xil manzilda ro’yxatdan o’tganligi, ammo aslida issiqxonalar yaqinida yashaganligi aniqlandi.
Politsiya ma’lumotlariga ko’ra, 56 yoshli fermer xo’jaligi rahbari muhojirlarni o‘z turar-joyida ro‘yxatdan o’tkazgan bo‘lsa-da, ammo ular aslida u yerda yashamagan. Erkak aybini tan oldi. Unga qarshi chet el fuqarolarini soxta ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atilgan. U besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Bu kabi tekshiruvlar mintaqada muntazam ravishda o’tkaziladi. Oldinroq Kotelnikovskiy tumanida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mehmonxonalar, yotoqxonalar va kafelarda migrantlarning hujjatlari tekshirilgan. Bir kafedan politsiya o’nga yaqin odamni tekshirish uchun olib ketgan. Shuni yodda tutish kerakki: agar siz Rossiyada ishlasangiz, “registratsiya”ngiz haqiqiy bo’lishi kerak, siz ro’yxatdan o’tgan manzilingizda yashashingiz kerak. Soxta ro’yxatdan o’tish nafaqat ish beruvchi uchun, balki migrantlarning o’zlari uchun ham jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Noxush holatlarning oldini olish uchun hujjatlaringizni oldindan tekshirib ko’rganingiz ma’qul.