2025-yil 1-sentabrdan Rossiyada migrantlar va avtomobil egalari uchun davlat boji sezilarli darajada oshishi mumkin. Moliya vazirligining tegishli qonun loyihasi 30-iyun kuni hukumat komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi.
“Hukumat chet el fuqarolari uchun yettita yangi bojni joriy etishni rejalashtirmoqda, jumladan, migratsiya xizmatida roʻyxatdan oʻtganlik uchun yigʻim (500 rubl), ishlash uchun ruxsatnomani uzaytirish (4,2 ming rubl) va ikki nusxadagi hujjatlarni berish (2,1 ming rubl). Patent berish va yangilash ham 4,2 ming rublni tashkil etadi”, — deb yozadi “Izvestiya” xabarida.
Shu bilan birga, transport bojlarini oshirish taklif etiladi: haydovchilik guvohnomasining narxi ikki baravar (4-6 ming rublgacha), transport vositasini ro’yxatdan o’tkazish 1,5 baravar (1,2 ming rublgacha), plastik CTC guvohnomasi esa 1,5 ming rubl o’rniga 4,5 ming rublni tashkil qiladi.
Qonun loyihasi haydovchilik maktablari uchun yangi to’lovlarni (o’quv bazasini tekshirish uchun 15 ming rubl) va texnik ko’rik tizimiga ma’lumotlarni kiritish uchun 500 rublni kiritishni nazarda tutadi.
Moliya vazirligining tushuntirishicha, ko’plab to’lovlarni oxirgi indeksatsiya qilish 7-11 yil oldin amalga oshirilgan va chet elliklarga bepul xizmatlar ko’rsatish aslida ularni Rossiya soliq to’lovchilari hisobidan moliyalashtirishni anglatadi. Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, bu yangiliklar byudjetga 45,3 milliard rubl qo‘shimcha daromad keltiradi (migratsiyadan 17 milliard va transport bojlaridan 28,3 milliard).