Maqola

388 10/06/2025

2025-yil 8-iyun kuni Moskva shahrining Sokolniki tumanida migrantlarning huquqiy maqomini tekshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirlar chog‘ida Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan kuch ishlatilgani aks etgan videolar va xabarlar ommaviy axborot vositalarida keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralaridan rasmiy ma’lumot kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi mazkur masalani nazoratga olganini ma’lum qildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, reyd davomida hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan 5–6 nafar fuqaro ushlab qolinib, vaziyatni aniqlash maqsadida ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. Ularning orasida ikki nafar Tojikiston Respublikasi fuqarosi Rossiyadan deportatsiya qilingan.

Shu bilan birga, rasmiy bayonotda Rossiya Federatsiyasi hukumati va yirik ish beruvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini rasmiy va tashkillashtirilgan tarzda mehnat faoliyatiga jalb qilishga bo‘lgan qiziqish yil sayin ortib borayotgani ta’kidlandi. Shu sharoitda ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xorijiy fuqarolarga nisbatan shunday qattiq va qo‘pol munosabatlar kuzatilishi afsus va tashvish uyg‘otishi qayd etildi.

Agar mazkur voqea jarayonida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jabr ko‘rgan bo‘lsa — jumladan, tan jarohati olgan, huquqlari buzilgan yoki boshqa muammolarga duch kelgan bo‘lsalar — ulardan Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilish tavsiya etilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya