
Migrantlar 11-sentabrgacha Rossiyada bo‘lish asoslarini tasdiqlashlari kerak.Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Mamlakatda boʻlish uchun qonuniy asoslarini yoʻqotgan xorijlik fuqarolarga ularning huquqiy holatini tartibga solish imkoniyati tugashiga bir hafta qoldi… 2025-yil 11-sentabrdan boshlab huquqiy maqomni tartibga solishning iloji boʻlmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Agar migrant belgilangan muddatga rioya qilmasa, unga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi, deya aniqlik kiritdi “MВД”. Bunga Rossiyaga kirishni taqiqlash kiradi.
“Siz buni (huquqiy maqomingizni tartibga solish) Rossiya Ichki ishlar vazirligining “ПВС” Federal davlat unitar korxonasi filialiga (haqiqiy yashash joyingiz boʻyicha), Moskva shahar “Saxarovo” ММЦ davlat byudjet muassasasiga (Moskva shahrida yashovchi shaxslar uchun) yoki ”МВД”ning eng yaqin hududiy migratsiya boʻlimiga murojaat qilish orqali amalga oshirishingiz mumkin”, deya qo’shimcha qilgan vazirlik.