83 15/03/2024

Moskva oblastining Shelkovo shahrida reyd davomida qo‘lga olingan 250 kishidan 110 nafariga Rossiya fuqaroligini olib, harbiy “uchyot”ga turmagani uchun harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi berilgan. Rossiya fuqaroligini olgach, harbiy chaqiruv qog‘ozi bo‘yicha kelmagani uchun 11 kishiga ma’muriy ish ochilgan. Rossiyaga noqonuniy yurgan 65 nafar xorij fuqarolariga ma’muriy chiqarib yuborish (deportatsiya) chorasi qo‘llangan. 6 nafar muhojir soxta hujjat tayyorlaganlik aybi bilan jinoiy ish ochilgan va tergov boshlangan. Besh nafar chet ellikka esa noqonuniy ishlayotgani uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Reydlar harbiy komissariat, politsiya, tergov qo‘mitasi va boshqa davlat idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Moskva oblastining Podolsk shahri hokimiyati bahorgi harbiy xizmatga chaqiruv arafasida 723 nafar harbiy ro‘yxatga turmagan Rossiya fuqarolari nazoratda ekani bilan ogohlantirmoqda. Yana 20 nafar fuqaro esa harbiy chaqiruvga bee’tibor bo‘lgani sababli ular bilan Tergov qo‘mitasi shug‘ullanayotgani ma’lum berilgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация