Maqola

645 09/07/2026

Davlat dumasi chorshanba kungi yigʻilishida mehnat migrantlariga oʻzlarini va oila a’zolarini yashash minimumidan kam boʻlmagan darajada ta’minlash majburiyatini yuklovchi qonunni qabul qildi. Endilikda patent olishda xorijiy fuqaro nafaqat oʻzi uchun, balki oʻzining har bir voyaga yetmagan bolasi uchun ham NDFL boʻyicha qat’iy belgilangan avans toʻlovini toʻlashi shart.

Bu qoida jismoniy shaxslar qoʻlida ishlaydigan va ularga uy yumushlarida yoki shaxsiy ehtiyojlarida yordam beradiganlarga ham tegishli. Agar migrant yangi talablarni bajarmasa, unga patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma uzaytirilmaydi. Bunday holda, agar ularda mamlakatda qolish uchun boshqa qonuniy sabablar boʻlmasa, chet ellik va uning bolalari 15 kun ichida Rossiyadan chiqib ketishlari shart. Voyaga yetmagan bolalarning vaqtinchalik boʻlish muddati endilikda ota-onaning patenti amal qilish muddatidan oshishi mumkin emas va ularning 18 yoshga toʻlishi bilan cheklanadi.

Bola 18 yoshga toʻlganidan keyin u 30 kun ichida mamlakatni tark etishi yoki shu muddat ichida patent olish uchun hujjatlarni topshirishi kerak. Agar ota-onaning patenti bekor qilinsa yoki uzaytirilmasa, u 18 yoshdan kichik bolalari bilan birga 15 kun ichida mamlakatdan chiqib ketishi shart. Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarning daromadlarini, soliqlar toʻlanishini, shuningdek, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasini olgandan keyin soliq hisobiga qoʻyilganlik faktini tekshirish vakolatlarini olmoqda.

Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinning iddaolariga koʻra, ushbu qonun shifoxonalar va maktablarga tushadigan yuklamani kamaytiradi, shuningdek, migrantlarning oilalari bilan kelishini cheklaydi. Shu bilan birga, hududiy byudjetlar patentlar sotilishidan milliardlab rubl qoʻshimcha daromad olishlari mumkin boʻladi. 2024-yildan boshlab Davlat dumasi migratsiyani nazorat qilish uchun jami 27 ta qonun qabul qildi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya