«Госдума» migrantlarning rus tilidan imtihon topshirishida vositachi tashkilotlarning ishtirokini to‘liq taqiqlоvchi qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Bundan tashqari, «РИА Новости» agentligining xabar berishicha, qonunga ko’ra imtihon o‘tkazishga vakolatli ta’lim tashkilotlari ro‘yxati faqat Rossiya hukumati tomonidan belgilanadi.
Qonun loyihasi yana ikki o‘qishda qabul qilinishi lozim. Agar quyi palata barcha o‘qishlarda qonunni qabul qilsa, qonunni Federatsiya kengashi ma’qullashi va prezident imzolashi talab qilinadi. Shundan so‘ng qonun kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, qonun muhojirlar uchun imtihon o‘tkazish va sertifikat berish huquqini uchinchi shaxslarga berish, shuningdek, hujjatlarni qabul qilish, imtihon o‘tkazishning axborot va tashkiliy-texnik ta’minotiga ham uchinchi shaxslarni jalb qilishni taqiqlashdan iborat.
Migrant.uz avvalroq Rossiyaning har bir shahrida migrantlar vositachilarsiz rus tilidan imtihon topshirishi mumkin bo‘lgan universitetlar ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin