Мақола

58 17/04/2024

Rossiya ta’lim nazorati xizmati (Rosobrnadzor) migrantlar uchun o‘tkaziladigan rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihonlarning o‘tkazilishiga bo‘lgan talablarni buzganligi hamda imtihon sertifikatlarini asossiz berganligi uchun besh oliygohga rasmiy ogohlantirish berdi.

🔻 Ogohlantirish olgan oliygohlar:

🔸 Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)
🔸 Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPGU)
🔸 A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti (Institut Pushkina)
🔸 Rossiya davlat pedagogika universiteti (peduniver imeni Gersena)
🔸 Pskov davlat universiteti (PGU)

8-aprel kuni rus tili imtihonidan o‘tganligi haqida noqonuniy sertifikat bergani uchun 5 kishi hibsga olingan edi. Ular orasida A.S.Pushkin nomidagi institut xodimlari ham bo‘lgan.

Хabar berishlaricha hibsga olingan guruh migrantlarga sertifikatni 5900 rubldan pullagan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация