
Rossiya Davlat dumasi migratsiya qoidalarini qatʼiylaştirişga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini rad etdi. Uşbu taşabbuslarni KPRF, LDPR va «Adolatli Rossiya — Haqiqat uçun» kabi muxolifat partiyalari deputatlari ilgari surgan edi.
Takliflar xorijliklarning mehnat faoliyati, çet elga pul ötkazmalari, Rossiya fuqaroligini olgan şaxslarga qöyiladigan talablar va migrantlarni mamlakatdan çiqarib yuboriş tartibiga taalluqli edi.
Jumladan, patent tizimini butunlay bekor qiliş va vizasiz tartibda keladigan xorijlik işçilarni faqat taşkiliy olib keliş tizimi orqali işga jalb etiş taklif qilingan. Bunda migrant muayyan iş beruvçiga biriktirilişi kerak edi. Boşqa bir taşabbusda esa çet elga pul ötkaziş miqdorini rasman tasdiqlangan iş haqi bilan çeklaş nazarda tutilgan.
Şuningdek, deputatlar Rossiya fuqaroligini olgan şaxslar uçun fuqarolikni bekor qiliş asoslarini kengaytiriş, migratsiya hisobidagi dastlabki qoidabuzarliklar uçun majburiy ravişda mamlakatdan çiqarib yuboriş va xorijliklardan Rossiyaga kirişdan oldin moliyaviy garov puli tölaş yoki qöşimça suğurta rasmiylaştirişni talab qilişni taklif etgan. Alohida qonun loyihasi hayot va soğliqqa qarşi oğir jinoyatlar sodir etganlik uçun fuqarolikni bekor qiliş masalasiga bağişlangan edi.
Davlat dumasining tegişli qömitasi uşbu taşabbuslarni rad etişni tavsiya qilgan. Bunga taklif etilayotgan çoralarning ortiqçaligi hamda migratsiya nazoratining ayrim mexanizmlari allaqaçon amalda ekani asos qilib körsatilgan. Xususan, Rossiyada Nazorat ostidagi şaxslar reyestri va mamlakatdan çiqarib yuboriş rejimi amal qiladi, şuningdek, biometrik maʼlumotlarni yiğiş çoralari qöllaniladi.
Qonun loyihalarining rad etilişi ularda nazarda tutilgan qöşimça çeklovlar kuçga kirmasligini anglatadi. Vizasiz tartibda keladigan mamlakatlar fuqarolari uçun patent tizimi saqlanib qoladi. Şuningdek, rasmiy iş haqidan ortiq pulni çet elga ötkazişni umumiy tarzda taqiqlaş böyiça uşbu taşabbuslar qabul qilinmadi. Migratsiya hisobidagi ayrim qoidabuzarliklar uçun esa vaziyat va qonunçilik talablariga qarab, mamlakatdan majburiy çiqarib yuboriş örniga jarima tayinlanişi mumkin.
Biroq Davlat dumasining qarori Rossiyada migratsiya siyosati umumiy tarzda yumşaşini anglatmaydi. Amaldagi çeklovlar saqlanib qolmoqda. Hududlar esa xorijliklarning ayrim sohalarda işlaşini qöşimça ravişda taqiqlaşi va mehnat patentlari narxini qayta körib çiqişi mumkin.
Duma muxolifat tomonidan taklif etilgan qöşimça taqiqlarni rad etdi. Biroq xorijliklarning mamlakatda bölişi va mehnat faoliyati ustidan nazoratni kuçaytirişga qaratilgan umumiy siyosat özgarişsiz qolmoqda.