Maqola

329 11/08/2025

Krasnodarda Rosgvardiya zobiti Vladimir Skobelev va uning o‘n nafar sherigi yuzlab odamlarni harbiy qismda soxta ro‘yxatga olishni tashkil qilganlikda ayblanib sudlanmoqda. “Kommersant”ning yozishicha, noqonuniy sxema 2020-yilning iyulidan 2022-yilning martigacha davom etgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, alohida moddiy ta’minot batalonida bir yilga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish narxi 20 000 rubl va uzaytirish ham xuddi shu narxda bo‘lgan. Rossiya fuqarolari hamda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ukraina, Belarus va Armaniston fuqarolari hujjatlarni vositachilar orqali olgan.

Jinoiy ish poraxo‘rlik bo‘yicha 116 epizodni o‘z ichiga oladi.

Bu birinchi bunday holat emas. Avvalroq Krasnoyarskda mingga yaqin xorijliklarni soxta ro‘yxatga olish va ishga joylashtirishda gumon qilinayotgan migratsiya idorasi xodimi va ikki mahalliy fuqaroga nisbatan ish ochilgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular o‘zlarining xizmat mavqeidan foydalangan holda, oldindan kelishib, harakat qilgan.

«Amina» dasturi, registratsiya, reyestr, patent, «zapret» va «vidvoreniye» haqida suhbat

Navigatsiya